“Buxoro” ikkinchi davra oldidan o`z safiga yangi futbolchilarni qo`shib oldi

Ayni damda Oliy Liga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko`rayotgan "Buxoro" klubi o`z tarkibiga ikki nafar futbolchini qo`shib oldi.

Ayni damda "Buxoro" klubi Toshkentda ikkinchi davraga tayyorgarlik olib bormoqda.

Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, "Buxoro" ikkinchi davra oldidan rasman o`z safiga ikki futbolchini qo`shib oldi. Darvozabon Sardor Qobuljonov va yarim himoyachi Alisher Sanoev rasman “Buxoro” PFK futbolchilariga aylanishdi.

Eslatib o`tamiz har ikkala futbolchi avval ham “Buxoro” sharafini himoya qilgan. Sanoevning so`nggi jamoasi Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bo`lsa, Qobuljonov Toshkentning “Lokomotiv” sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb