Ayni damda Toshkentda ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlik ko`rayotgan Mash`al klubi 13 iyul kuni O`zbekiston olimpiya terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Mazkur uchrashuvda har ikkala jamoa ham ikki bo`lim davomida aralash tarkibi bilan harakat qildi. Uchrashuv esa O`zbekiston olimpiyachilarining 3:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakun topdi. Ta`kidlash joiz, mazkur gollardan biriga "Mash`al" tarkibidan O`zbekiston olimpiya terma jamoasiga chaqirtirilgan Shoxruh Dostonov mualliflik qildi. Ushbu uchrashuvda, O`zbekiston olimpiya terma jamoasi safida "Mash`al"ning yana bir a`zosi Iskandar Shoyqulov ham harakat qilgan.
Nazorat uchrashuvi.
13 iyul. Toshkent.
O`zbekiston OTJ – “Mash`al” 3:0.
Gollar: Jaloliddin Masharipov, Maksimilian Fomin, Shoxruh Dostonov.