Ayni damda Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`ini tashkil etayotgan «Olmaliq» klubi yig`in doirasidagi dastlabki nazorat uchrashuvini Turkiyaning «Eskishaharspor» klubiga qarshi o`tkazadi.
Eskishahar sharafini himoya etuvchi bu jamoa 2014/2015 yilgi mavsumda Turkiya super ligasida 11-o`rinni egallagan. Navbatdagi mavsumga tayorgarlik olib borayotgan turk jamoasini germaniyalik mutaxassis Mixael Skibbe boshqarmoqda.
«Olmaliq» klubi rasmiy sayti xabariga ko`ra, nazorat o`yini 13 iyul kuni mahalliy vaqt bilan 18:00da boshlanadi.