O`zPFL rahbariyati Toshkent shahar IIB bilan birgalikda Oliy Liga klublari vakillari va Respublikadagi barcha stadionlar direktorlari ishtirokida yig`ilish o`tkazdi.
Ushbu yig`ilishda O`zbekiston Chempionati bahslarini o`tkazish bo`yicha tashkiliy masalalar muhokama qilindi. O`zbekiston chempionati bahslari FIFA, OFK hamda O`FF reglamenti asosida tashkil etilishi va o`tkazilishi kerakligi alohida ta`kidlandi.
Shuningdek, O`zbekiston Professional Futbol Ligasi rahbariyati Terma jamoalar markazi bilan hamkorlikda Oliy Liga klublari bosh murabbiylari bilan uchrashishdi. Ushbu uchrashuvdan ko`zlangan asosiy maqsad mamlakat milliy terma jamoalarining muvaffaqiyatli ishtirokini ta`minlash uchun barcha birdek hissa qo`shishi kerak ekanligi ta`kidlandi. Oliy Liga klublari milliy terma jamoalarga munosib futbolchilarni tayyorlashga alohida e`tibor qaratashi kerak ekani aytildi, shuningdek futbolchilarda milliy vatanparvarlik ruhini kuchaytirish borasida savollar muhokama qilindi.
Shu bilan bir qatorda Oliy Liga ikkinchi davrasi taqvimi borasida ham bir qator savollar muhokama qilindi.