
O`zbekiston Kubogi-2015 1/8 finali doirasida “Lokomotiv” – “Navbaxor” o`rtasidagi dastlabki o`yin bo`lib o`tdi. Unda “temiryo`lchilar” 2:0 hisobida g`alaba qozondi. Uchrashuvdagi har ikki golga Marat Bikmaev mualliflik qildi.
Jamoalar o`rtasidagi javob uchrashuvi 23 iyun kuni bo`lib o`tadi.
O`zbekiston Kubogi. 1/8 final.
Dastlabki uchrashuv. 27 may (chorshanba)
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Navbaxor» (Namangan) – 2:0. 2538 tomoshabin.
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent) – 8,4, T. Galeev (Toshkent) – 8,3, A. Po`latov (Toshkent) – 8,3, A. Rubakov (Toshkent) - 9
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Gollar: M. Bikmaev (61, 87).
12-daqiqada D. Koyashevich («Lokomotiv») penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Ogohlantirishlar: O. Zoteev (66), Sh. Mullajonov (69) – D. Jabborov (12), A. Melenchuk (12), S. Georgiev (14), A. Maxmudov (35), U. Bakaev (82).
Chetlatish: D. Jabbarov (ikkinchi ogohlantirish, 64).