
Kecha Oliy Liga 10-turidan o`rin olgan so`nggi uchrashuvda Toshkentning Lokomotiv klubi o`z maydonida Qo`qon-1912 klubini qabul qildi va 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvning birinchi bo`limida hisob ochilmadi, ikkinchi bo`limda esa zaxiradan maydonga tushirilgan Temurxo`ja Abduholiqov Lokomotivga g`alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
Ushbu g`alabadan so`ng Lokomotiv o`z hisobidagi ochkolari sonini 21taga etkazdi va turnir jadvalida 3-o`ringa ko`tarildi.
10-tur. 24 may (yakshanba)
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Qo`qon-1912» (Qo`qon) – 1:0. 2135 tomoshabin.
Hakamlar: M. Muhamedov (Toshkent vil.) – 8,1, A. Marajabov (Andijon) – 8,3, Z. Abdurahmonov (Andijon) – 6,8, R. Toshmuhamedov (Toshkent vil.) - 8
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O`zPFL vakili: A. Inoyatov.
Gol: T. Abduxalikov (73).
73-daqiqada Temurxo`ja Abduholiqov penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Ogohlantirishlar: Sh. Mullajonov (44), T. Kopadze (60), L. To`raev (78) – I. Golban (72).
Eng yaxshi o`yinchilar: L. To`raev – N. Otaqo`ziev.