
"Buxoro" futbol klubi ushbu mavsum avvalidan bosh murabbiy sifatida ishlab kelayotgan Aleksandr Mochinovni iste`foga chiqardi.
Bu haqida "Buxoro" PFK rasmiy sayti xabar bermoqda.
"Buxoro” jamoasi ushbu mavsumda o`ta muvofaqiyatsiz ishtirok etib kelmoqda. Chempionatning 9 turida atigi 2 ochko jamg`arib, turnir jadvalining so`nggi pag`onasidan o`rin olib turibdi. Bu natija esa tabiiy-ki, klub muxlislari va rahbarlarini aslo qoniqtirmaydi va shu sababdan jamoaga yangi “qon quyish “kerakligi yaqqol sezila boshlandi.
So`nggi 9-turda “Buxoro” o`z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga 1:2 hisobida mag`lub bo`lganidan so`ng, jamoa rahbariyati bosh murabbiy Aleksandr Mochinovni iste`foga chiqardi", deyiladi xabarda.
Rasmiy saytdagi xabarga ko`ra, “Buxoro” futbolchilari 10-turga tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborishgan va mashg`ulotlarni aynan Shuxrat Fayziev olib bormoqda. Murabbiylar shtabida hozircha boshqa hech qanday o`zgarishlar ro`y bergani yo`q.