"Zomin"ga nisbatan tartib-intizom sanktsiyalari qo`llandi

"Zomin" futbol klubiga O`zbekiston birinchiligi, birinchi turida doirasidagi "Lokomotiv-BFK"ga qarshi kechgan o`yinda tarkibida belgilab qo`yilganidan ko`p katta yoshli futbolchilarni maydonga tushirgani uchun tartib-intizom sanktsiyalari qo`llandi.

"Havaskor bo`lmagan hamda yarimprofessional futbol klublari o`rtasida musobaqalarni tashkil etish reglamenti - 2015"ning 4-modda, 4.17-bo`limini buzganligi tufayli "Zomin" futbol klubiga texnik mag`lubiyat (-:+) yozilib, ushbu o`yinda jamg`arilgan uch ochko ulardan olib tashlandi.

"Lokomotiv-BFK"ga esa texnik g`alaba (+:-) yozildi va uch ochko berildi.

Bu o`yinda "Zomin" kiritgan gollar bekor qilindi.

Ko`rsatilgan kartochkalar esa o`z kuchida qoldirildi.

Shuningdek, tartib-intizom kodeksining 5-modda, 4-bo`lim, 5.57 punktiga ko`ra "Zomin" PFK jarimaga tortildi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb