OChL-2015: «Lokomotiv» o`z uyida mag`lub bo`ldi, «Nasaf»da g`alaba

Kecha Osiyo Chempionlar ligasi 5-tur bahslariga start berildi.

Musobaqaning «S» guruhida ishtirok etayotgan Toshkentning Lokomotiv klubi o`z maydonida «Al Hilol»ga mag`lub bo`ldi va guruhdan chiqish imkoniyatini qo`ldan chiqardi. Al Hilol esa ushbu g`alabadan so`ng muddatidan oldin guruh pley-off bosqichiga chiqdi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida «Fulad»ni 1:0 hisobida mag`lub etgan Qatarning «Al Saad» klubi ham pley-off bosqichi yo`llanmasini qo`lga kiritdi.

Qarshining «Nasaf» klubi esa 5-turda safarda «Traktorsozi» klubiga qarshi o`yinda irodali g`alabaga erishdi va 7 ochko bilan guruhda ikkinchi o`ringa chiqib oldi. Guruhning ikkinchi o`yinida Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubi o`z maydonida so`nggi daqiqalarda BAAning «Al Ahli» klubini mag`lub etdi va muddatidan oldin guruhdan chiqish vazifasini hal qildi.

OChL-2015. «C» guruhi, 5-tur.
Lokomotiv (O`zbekiston) - Al Hilol (Saudiya Arabistoni) 1:2.
Gollar: T. Abduholiqov (90+4) - Navaf Al Obid (56), Abdulla Al Dosari (73).

«Al Saad» (Qatar) - «Fulad» (Eron) 1:0.

OChL. «D» guruhi, 5-tur.
«Traktorsozi» (Eron) - «Nasaf» (O`zbekiston) 1:2
Gollar: Mehdi Kiani (52) - Artur Gevorkyan (59) Artur Gevorkyan (72).

«Al Ahli» (Saudi Arabistoni) - «Al Ahli» (BAA) 2:1

 

         

mib
uzcard
cola
apex
bmb