
2 aprel kuni Oliy Liga 3-tur bahslariga start berildi.
Turning ilk o`yini Qarshida «Nasaf» hamda «Qo`qon-1912» klublari o`rtasida bo`lib o`tdi. Birinchi bo`limda Shohruh Gadoev «Nasaf»ni hisobda oldinga olib chiqqan bo`lsa, ikkinchi bo`limda «Nasaf» yana ikki gol kiritib o`yinda yirik hisobda g`alaba qozondi - 3:0.
Turning qolgan o`yinlari, 3 hamda 4 aprel kunlari bo`lib o`tadi.
3-tur. 2 aprel (payshanba)
«Nasaf» (Qarshi) – «Qo`qon-1912» (Qo`qon) – 3:0. 5583 tomoshabin.
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent) – 9,0, A. Rasulov (Toshkent) – 9,0, J. Saidov (Toshkent) – 8,9, R. Lutfulin (Toshkent) - 9
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
O`zPFL vakili: V. Letkin.
Gollar: Sh. Gadoev (29), B. Abdurahimov (62), A. Koblash (63).
Ogohlantirishlar: B. Abdurahimov (38) – Q. Ro`ziev (1).
Chetlatishlar: B. Abdurahimov (ikkinchi ogohlantirish, 89) – Q. Ro`ziev (ikkinchi ogohlantirish, 72).
Eng yaxshi o`yinchilar: E. Boydullaev – A. Baklanov.