
Oliy Liga 3-turidan o`rin olgan «Andijon» (Andijon) hamda «Olmaliq» (Olmaliq) klublari o`rtasidagi uchrashuv Andijon viloyatidagi noqulay ob-havo sharoiti bois, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning xatiga muvofiq Olmaliq shahriga ko`chirildi.
Unga ko`ra, ikkala jamoa o`rtasidagi o`yin 4 aprel kuni Olmaliq shahrida bo`lib o`tadi. Mazkur jamoalarning ikkinchi davradagi o`yini esa, 18-tur doirasida 15 avgust kuni Andijon shahrida bo`lib o`tadi.