Eng yaxshi murabbiy va futbolchilarga "SA" va O`zPFL mukofoti topshiriladi

 

Ma`lumki, 2013 va 2014 yillar davomida Oliy Ligada har oyning eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi futbolchisi aniqlash odat tusiga kirgan edi. Mazkur loyiha 2015 yil ham davom ettiriladi.

2015 yilgi loyihaga “Championat.Asia” sayti nomi ham beriladi va endilikda sovrin “SA” va O`zPFL mukofoti” deb ataladi.

Ovoz berish jarayoniga biroz o`zgarish kiritildi. Endi faqatg sportga aloqador ommaviy axborot vositalari ovoz berishadi va har bir nashrdan bittagina ovoz, o`ysha nashr ovozi sifatida qabul qilinadi.

Ovoz berish qoidalariga ko`ra, murabbiy va futbolchilar orasidan besh nomzod tanlab olinadi va OAV e`tiboriga taqdim etiladi. Har bir ovoz berayotgan tashkilot munosib deb topgan nomzodlarga mos ravishda o`rin berib chiqadi. Natijada 1-o`ringa 5 ochko, 2-o`ringa 4 ochko, 3-o`ringa 3 ochko, 4-o`ringa 2 ochko va 5-o`ringa 1 ochko beriladi.

Har bir oyda eng yaxshi bo`lganlarga maxsus statuetka topshiriladi. Yil so`nggida esa eng ko`p ochko jamg`argan murabbyi hamda futbolchi PFL tomonidan Oliy Ligada yilning eng yaxshilari deb tan olinadi.

Ovoz berishda ishtirok etadigan OAV:

Televideniya:
1. “Futbol sharhi” — Sport TV
2. “Xabarlar” — Sport TV
3. Ruxsor TV

Radio
1. “Oliy Liga yo`qlamasi” — “O`zbekiston”
2. “Futbol xabarlari” — “Oriat Dono”
3. “Sport xabarlari” — “Vodiy sadosi”
4. “Sport xabarlari” — “Navro`z”

Bosma OAV
1. “Asr Futboli”
2. “Inter Futbol” (o`zbek)
3. “Inter Futbol (rus)
4. “O`zbekiston futboli”
5. “Sport”
6. “Futbol Eksperss”
7. “News Arena”

Saytlar
1. Championat.asia (o`zbek)
2. Championat.asia (rus)
3. Uff.uz
4. Stadion.uz
5. Sports.uz
6. Olamsport.com
7. Arena.uz

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb