Oliy Liga taqvimida o`zgarish

Oliy Liga-2015 taqvimida o`zgarish yuzaga keldi.

Toshkentning «Bunyodkor» klubining 6 nafar futbolchisi O`zbekiston milliy terma jamoasiga, shuningdek mazkur klubning jami 12 nafar futbolchisi turli yoshdagi terma jamoalarga chaqirilgani bois, (O`zPFL reglamenti 4 modda, 4.24 bandiga asosan) Oliy Liga 3-turidan o`rin olgan «Bunyodkor» (Toshkent) - «Sho`rtan» (G`uzor) uchrashuvi kechroq muddatga qoldirildi.

Oliy Liga 3-turidan o`rin olgan «Paxtakor» (Toshkent) - «Buxoro (Buxoro) uchrashuvi esa, O`zbekiston milliy hamda olimpiya terma jamoasi safida to`p surayotgan «Paxtakor» futbolchilarining tarkibga kechroq kelib qo`shilishlari bois, 2 apreldan 3 aprel kuniga ko`chirildi.

Oliy Liga 4-turidan o`rin olgan «Lokomotiv» (Toshkent) - «Bunyodkor» (Toshkent) uchrashuvi «Bunyodkor» klubining OChL 4-turi doirasida safarda «Lahviya»ga qarshi o`yindan keyin kechroq etib kelishi bois, 12 aprel kunidan 13 aprel kuniga ko`chirildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb