Oliy Liga, 2-tur: «Bunyodkor» ketma-ket ikkinchi g`alabasiga erishdi

Toshkentning «Bunyodkor» klubi Oliy Liga 2-turida ham g`alaba qozondi va ochkolari sonini 6taga etkazib oldi.

Sergey Lushan jamoasi 2-tur o`yinida safarda «Qizilqum»ni 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

Oliy Liga 1-turida safarda «Neftchi» bilan durang o`ynagan «Sho`rtan» esa, 2-turda o`z maydonida «So`g`diyona»ni qabul qildi va yirik hisobda g`alaba qozondi - 3:0.

Toshkentning «Lokomotiv» klubi esa, ketma-ket ikkinchi turda ham durang qayd etdi. Bu safar «Lokomotiv» o`z maydonida «Neftchi»ni qabul qildi va durang o`ynadi 1:1.

2-tur. 22 mart (yakshanba)
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Neftchi» (Farg`ona) – 1:1. 2120 tomoshabin.
Hakamlar: V. Agishev (Tashkent) – 8,7, M. Majidov (Namangan) – 8,4, A. Kalinin (Qarshi) – 8,6, R. Toshmuhamedov (Nukus) - 7
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
O`zPFL vakili: S. Rizaev.
Gollar: D. Koyashevich (35) – R. Axmedov (67, penalti).
Ogohlantirishlar: I. To`xtaxo`jaev (55), L. To`raev (84) – U. Qodirov (65).
Eng yaxshi o`yinchilar: L. To`raev – M. Saidov.

«Sho`rtan» (G`uzor) – «So`g`diyona» (Jizzax) – 3:0. 5785 tomoshabin.
Hakamlar: D. Pislegin (Toshkent) – 8,4, N. Ro`zimov (Toshkent) – 8,2, D. Saylalov (Toshkent) – 8,5, D. Karimov (Toshkent) - 9
Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).
O`zPFL vakili: R. Chernikov.
Gollar: G. G`ulomov (72), E. Boymatov (77), I. Taran (86, penalti).
Ogohlantirishlar: S. Berdiev (40), I. Taran (84), D. Stanoevich (90+2) – I. Komilov (51), A. Rajjabov (60).
Eng yaxshi o`yinchilar: E. Boymatov – S. Qobilov.

«Qizilqum» (Navoiy) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 0:2. 11897 tomoshabin.
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent) – 9,0, X. Shodmonov (Buxoro) – 8,6, R. Serazetdinov (Toshkent) – 8,6, B. Yulcharaev (Guliston) - 9
Nazoratchi: D. Roman (Tashkent).
O`zPFL vakili: A. Frolov.
Gollar: V. Shodiev (66, 68).
Ogohlantirishlar: A. Sanaev (15), V. Shevchenko (50), A. Usmanov (68) – A. Filiposyan (42), A. Turaev (80), V. Shodiev (82).
Chetlatish: V. Shodiev (ikkinchi ogohlantirish, 90+1).
Eng yaxshi o`yinchilar: V. Shevchenko – V. Shodiev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb