Oliy Liga, 2-tur: «Mash`al» ketma-ket ikkinchi uchrashuvda g`alaba qozondi

Bugun Oliy Liga 2-tur bahslariga start berildi.

Muborakning «Mash`al» klubi 2-tur uchrashuvida ham g`alaba qozondi va turnir jadvali peshqadamiga aylandi. «Mash`al» 2-turda o`z uyida «Andijon» klubini qabul qildi va birinchi bo`lim boshlarida kiritilgan ikki tezkor gol evaziga uchrashuvda g`alaba qozondi.

«Navbahor» hamda Metallurg klublari o`rtasidagi uchrashuv esa gollarga boy bo`ldi. Qiziqarli kechgan o`yinning so`nggi daqiqalarida «Metallurg» futbolchilari penaltidan hisobni tenglashtirishdi va o`yinda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.

Oliy Liga 1-turida mag`lubiyatga uchragan «Buxoro» hamda «Dinamo» klublari 2-turda o`zaro bahs olib borishdi. Qiziqarli kechgan o`yinda 1:1 hisobi qayd etildi.

Turning qolgan uchrashuvlari 22 va 23 mart kunlari bo`lib o`tadi.

Oliy Liga, 2-y tur.
20 mart (juma)
«Navbahor» (Namangan) – «Metallurg» (Bekobod) – 2:2. 4751 tomoshabin.
Hakamlar: T. To`xtasinov (Andijon) – 8,1, A. Marajabov (Andijon) – 8,4, Z. Abduraxmonov (Andijon) – 8,5, R. Tolibjonov (Farg`ona) - 8
Nazoratchi: I. Mustafin (Tashkent).
O`zPFL vakili: V. Letkin.
Gollar: A. Ahmedov (28), D. Jabborov (42) – A. Ziyovutdinov (6), D. Karimov (90+2, penalti).
Ogohlantirishlar: O. Valijonov (70), Yu. Rijko (90+2) – A. Ziyovutdinov (30), M. Sulaymanov (45+2), D. Karimov (65).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Ahmedov – A. Ziyovutdinov.

«Mash`al» (Muborak) – «Andijon» (Andijon) – 2:0. 3114 tomoshabin.
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent) – 9,0, A. Rasulov (Toshkent) – 9,0, J. Saidov (Toshkent) – 9,0, A. Rubakov (Toshkent) - 8
Nazoratchi: A. Xotamov (Tashkent).
O`zPFL vakili: N. Lutfulin.
Gollar: J. Hasanov (5), V. Ivanov (14).
Ogohlantirishlar: A. Omonov (63), G`. Komilov (82) – F. Shotursunov (70).
Eng yaxshi o`yinchilar: V. Ivanov – I. Otaxanov.

«Buxoro» (Buxoro) – «Dinamo» (Samarqand) – 1:1. 8064 tomoshabin.

Hakamlar: A. Asimov (Toshkent) – 9,0, T. Galeev (Toshkent) – 9,0, A. Po`latov (Toshkent) – 9,0, N. Boltaev (Navoiy) - 9
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
O`zPFL vakili: B. Xaydarov.
Gollar: J. Hasanov (52) – N. Chipev (29).
Ogohlantirishlar: J. Hasanov (33), D. Abibullaev (54) – A. Xolmurodov (14), N. Chipev (50).
Eng yaxshi o`yinchilar: D. Abibullaev – A. Melnichuk.

mib
uzcard
cola
apex
bmb