
Bugun OChL-2015 3-turida Toshkentning «Paxtakor» klubi o`z uyida BAAning «Al Ayn» klubini qabul qildi.
Uchrashuvning 60-daqiqasida Miroslav Stox tomonidan kiritilgan gol «Al Ayn»ga g`alaba keltirdi. «Paxtakor» 4-tur uchrashuvini safarda aynan «Al Ayn»ga qarshi o`tkazadi. Mazkur o`yin 7 aprel kuni o`tkaziladi.
Bugun shuningdek, Qarshining «Nasaf» klubi ham OChL 3-turida safarda BAAning boshqa bir klubi - «Al Ahli»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:35da boshlanadi.
OChL-2015.
«V» guruhi, 3-tur.
«Paxtakor» (O`zbekiston) - «Al Ayn» (BAA) 0:1.
Gol: Miroslav Stox (61)
Ogohlantirishlar: Javohir Sohibov (45+1) — Ahmad Barman (65), Jires Ekoko (72)
Chetlatish: Miroslav Stox (60)
«Paxtakor»: 12.Aleksandr Lobanov, 2.Egor Krimets, 4.Adnan Oraxovats (Anvar Soliev 78), 15.Javohir Sohibov (Bahodir Pardaev, 70), 7.Kaxi Maxaradze, 29.Vladimir Kozak, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Igor Sergeev, 23.Aleksandr Merzlyakov, 24.Davronbek Hoshimov, 28.Stanislav Andreev (Jaloliddin Masharipov 64)
«Al-Ayn»: 17.Xolid Isa, 5.Ismoil Ahmad, 19.Muhannad Salim, 23.Muhammad G`arib, 44.Faris Juma, 9.Jires Kembo Ekoko (Sayid Musabbeh 90+1), 16.Muhammad Abdulrahmon (Rashid Muhayer 90+3), 18.Ibrohim Diaki (Sayid Al-Katiriy 85), 24.Ahmad Barman, 99.Miroslav Stox, 29.Li Myun Ju
Bosh hakam: Kim Jong Xyok (J.Koreya)