
Oliy Liga va Yoshlar Birinchiligi taqvimiga o`zgartirish kiritildi.
Toshkentning Paxtakor klubining 6 nafar futbolchisi O`zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Osiyo Chempionati saralash bahslarida ishtirok etishlari bois, ( O`zPFL Reglamenti 4 modda, 4.24 bandiga asosan) Oliy Liga 2-turidan o`rin olgan «Qo`qon-1912» (Qo`qon) - «Paxtakor» (Toshkent) uchrashuvi no`malum muddatga qoldirildi.
Shuningdek, Navro`z bayrami nishonlanishi munosabati bilan Yoshlar Birinchiligidan o`rin olgan «Lokomotiv» (Toshkent) - «Neftchi» (Farg`ona) o`yini 21 mart kunidan 23 martga ko`chirildi.