
Bugun Oliy Liga 1-turidan o`rin olgan to`rt uchrashuv yakunlandi.
Qarshining «Nasaf» klubi o`z maydonida «Andijon»ni qabul qildi va 3:1 hisobida g`alaba qozondi. O`tgan mavsum to`purari Artur Gevorkyan uchrashuvda dublga erishgan bo`lsa, yana bir golga «Nasaf» tarkibiga yangi kelib qo`shilgan Oleksandr Koblash mualliflik qildi.
Bugun bo`lib o`tgan yana bir o`yinda «Bunyodkor» o`z maydonida «Buxoro»ni qabul qildi va birinchi bo`limda kiritilgan ikki gol evaziga 2:0 hisobida g`alaba qozondi.
Turning qolgan to`rt uchrashuvi 14 mart kuni bo`lib o`tadi.
Oliy Liga, 1-tur.
12 mart (payshanba)
«Nasaf» (Qarshi) – «Andijon» (Andijon) 3:1.
Gollar: Artur Gevorkyan (21, 45), Oleksandr Koblash (54) - Rustam A`zamov (57)
Hakamlar: M. Muhamedov (Toshkent vil.), A. Tsapenko (Toshkent vil.), R. Serazetdinov (Toshkent), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Buxoro» (Buxoro) 2:0
Gollar: Shaker Zuagi (6), Mirzohid G`ofurov (45).
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), D. Djalimov (Nukus)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).