Chempion va vitse-chempion yangi mavsumni durang bilan boshlashdi

Bugun Oliy Liga yangi mavsumiga start berildi. Oliy Liga yangi mavsumi esa rasman «Paxtakor» stadionida bo`lib o`tgan «Paxtakor hamda «Olmaliq klublari o`rtasidagi uchrashuv bilan ochib berildi. 

Amaldagi mamlakat chempioni - «Paxtakor» 1-turda «Olmaliq klubini qabul qildi va so`nggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga durang natija qayd etdi. Dastlab o`yinning 26 daqiqasida Zoxid Pirimov «Olmaliq»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo`lim «Paxtakor ustunligida o`tdi va o`yinning 88-daqiqasida Igor Sergeev hisobni tenglashtirdi. O`yinning qolgan daqiqalarida hisob o`zgarmadi va «Paxtakor» yangi mavsumni durang bilan boshladi.

O`tgan mavsum vitse-chempioni va Kubok sohibi Toshkentning «Lokomotiv» klubi ham yangi mavsumni durang bilan boshladi. Bekobodda «Metallurg» klubiga qarshi o`yinda hisob ochilmadi - 0:0.

Oliy Liga, 1-tur.
12 mart (payshanba).
«Paxtakor» (Toshkent) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 1:1. 1200 tomoshabin.
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro) – 8,5, B. Qodirov (Buxoro) – 4,0, A. Qo`ldoshev (Buxoro) – 8,0, I. Garmashov (Toshkent) - 9
Nazoratchi: V. Valitskiy (Tashkent).
O`zPFL vakili: V. Letkin.
Gollar: I. Sergeev (88) – Z. Pirimov (36).
Eng yaxshi o`yinchilar: K. Maxaradze – U. Xonimkulov.

«Metallurg» (Bekobod) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 0:0. 3225 tomoshabin.
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy) – 8,5, R. Shoyametov (Toshkent) – 8,7, R. Fozilov (Namangan) – 8,3, O. Tuychiboev (Toshkent) - 9
Nazoratchi: A. Abdullaev (Tashkent).
O`zPFL vakili: V. Shtern (Toshkent).
Ogohlantirishlar: Z. Abdullaev (75), D. Karimov (78), J. Mirabdullaev (90+2), A. Ziyovutdinov (90+2) – I. To`xtaxo`jaev (67), L. To`raev (90+2).
Eng yaxshi o`yinchilar: M. Toshmatov – M. Ikromov.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb