Vadim Abramov: "Yana bir sovrinni qo`lga kiritish yoqimli"

O`zbekiston Superkubogi uchun kechgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" klublari o`rtasidagi uchrashuvdan so`ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Lokomotiv” ustozi Vadim Abramov qatnashdi.

"Biz uchun har bir g`alaba muhim. Jamoa Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi o`yinlarga bugungi kabi motivatsiya bilan maydonga chiqmadi, degan fikrga qo`yilmayman. Ishontirib aytamanki, jamoaning Chempionlar Ligasiga munosabati Superkubok o`yiniga nisbatan ham jiddiyroq. Bu – futbol. Futbolda hamma narsa bo`lishi mumkin".

Har bir jamoa raqib imkon berganchalik to`p suradi. Hech qachon natijani oldindan taxmin qilib bo`lmaydi. Bugun g`alaba qozonsang, ertaga mag`lubiyatga uchrashing mumkin. Superkubok ham klub tarixi uchun yana bir sovrin. Uni qo`lga kiritish yoqimli. Men har doim hujumkor o`yin tarafdori bo`lganman. Bugun ham ana shu qarashlarimdan voz kechganim yo`q”, - dedi Abramov.

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb