Samvel Babayan: "Barcha aybni o`z bo`ynimga olaman"

O`zbekiston Superkubogi doirasidagi "Paxtakor" - "Lokomotiv" (0:4) uchrashuvidan keyin matbuot anjumani tashkil etildi va unda dastlab "Paxtakor" bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.

"O`yin chiroyli va hujumkor tarzda kechdi" - deya so`z boshladi Samvel Babayan. - "Har ikki jamoa e`tiborini hujumga qaratdi. Menimcha hisob o`yinga u qadar mos bo`lmadi, ammo bu - futbol va unda bunday holatlar bo`lib turadi.

Bu o`yinga "to`rt marta 0:1ga yutqazgandan bir marta 0:4 hisobida mag`lub bo`lgan yaxshiroq" qabilida munosabatda bo`lish kerak".

Bugungi mag`lubiyatda barcha aybni o`z bo`ynimga olaman. 0:1 hisobida mag`lub bo`latyotgan vaqtimizda hujumchi emas ko`proq himoyaga yordami tegadigan futbolchini maydonga tushirganim boisi biz markazni boy berayotgandik", - dedi "Paxtakor" bosh murabbiyi Samvel Babayan.
 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb