«Lokomotiv» - O`zbekiston Superkubogi-2015 sohibi

Toshkentning «Lokomotiv» klubi O`zbekiston Superkubogi uchun bahsda «Paxtakor» klubini yirik - 4:0 hisobida mag`lub etdi va mavsumdagi ilk sovrinini qo`lga kiritdi.

Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida bo`lib o`tgan o`yin teng kurashlar ostida boshlangan bo`lsa ham, yakunda «Lokomotiv» yirik hisobda g`alaba qozona oldi. O`yinning birinchi bo`limi 37-daqiqasida Lutfulla To`raev hisobni ochdi va birinchi bo`lim «Lokomotiv»ning kichik hisobdagi g`alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo`limning dastlabki daqiqalarida esa «Lokomotiv» ketma-ket ikkita gol urib hisobni yirik ko`rinishga olib keldi. Dastlab, Temurxo`ja Abduholiqov, keyinchalik esa Ruslan Koryan penaltidan gol urib hisobni yiriklashtirdilar - 3:0. O`yinning 89-daqiqasida esa zaxiradan maydonga tushgan Marat Bikmaev Lokomotivning to`rtinchi golini kiritdi va uchrashuv Lokomotivning yirik hisobdagi g`alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa, Toshkentning «Lokomotiv» klubi o`z tarixida ilk bor O`zbekiston Superkubogini qo`lga kiritdi.

O`zbekiston Superkubogi-2015.
8 mart, «Bunyodkor» stadioni.
«Paxtakor» - «Lokomotiv» 0:4
Gollar: Lutfulla To`raev (37), Temurxo`ja Abduxoliqov (48), Ruslan Koryan (55 penalti) Marat Bikmaev (89)

«Paxtakor»: Lobanov, Merzlyakov, Krimets, Oraxovats, Hoshimov, Kozak (Karimov), Maxaradze (s), Andreev, (Masharipov 58) Iskanderov, Sergeev, Alimov .

«Lokomotiv»: Ikromov, Mustafoev, To`xtaxo`jaev, Yanichich, Kapadze, (Hasanov) To`raev, Mirzaev, Zoteev, Hasanov (kichik), (Mullajonov 59) T.Abduxoliqov, R.Koryan (M. Bikmaev78).

mib
uzcard
cola
apex
bmb