O`zbekiston Superkubogidan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etgan «Paxtakor» bosh menejeri Samvel Babayan o`z jamoasi mavsumda barcha sovrinlar uchun kurashishini ta`kidladi.
«Mavsum davomida to`rtta sovrin uchun kurashamiz. Ulardan biri aynan O`zbekiston Superkubogidir. Mavsum boshida sovrin yutib olishni barcha istaydi. Biz ham ushbu sovrin uchun kurashamiz. O`ylaymanki, ertaga bizni qiyin o`yin kutib turibdi», - deydi Babayan.
«Al Shabob»ga qarshi futbolchilar yaxshi o`yin namoyish etishdi. Ularni imkon qadar orqaga tezroq qaytishlarini istadik. Ertangi o`yinga barcha futbolchilar tayyor, - deya qo`shimcha qildi «Paxtakor» bosh menejeri.
«O`zbekistonning o`tkag mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb topilganim menga ko`proq kuch bilan ishlash uchun turkti bo`ldi. Men uchun bu dastlabki individual sovrin. Tadbir tashkilotchilariga raxmat».
«Ertangi o`yinda tarkibda o`zgarishlar bo`ladi. Avvalgi o`yinlarda maydonga tushmagan futbolchilar ertangi o`yinda maydonga tushishlari mumkin. Lokomotiv juda kuchli raqib. Ular mavsum oldidan o`z tarkibiga bir qator yangi futbolchilarni jalb etishdi. Ular ham ertaga faqat g`alaba uchun maydonga tushishadi», - dedi Babayan.
Vladimir Kozak: «Qishda jaroxat olib bir qancha vaqt o`ynay olmadim. Ammo, xozir jaroxatimdan qutulib maydonga qaytdim va o`ynashga tayyorman».