Vadim Abramov: «Har bir o`yinda g`alaba uchun maydonga tushamiz»

Bugun O`FF anjumanlar zalida O`zbekiston Superkubogi o`yinidan oldingi matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Matbuot anjumanining birinchi qismida Toshkentning «Lokomotiv» bosh murabbiyi Vadim Abramov hamda klub futbolchisi Lutfulla To`raevlar ishtirok etishdi.

«Lokomotiv» bosh murabbiyi O`zbekiston Superkubogi bahsiga futbolchilar tayyor ekanini aytdi. «Bunday klub uchun oddiy o`yinlar bo`lmaydi. Futbolchilar ham qanday klubda o`ynayotganlarini bilishlari kerak. Biz har bir o`yinda maydonga tushamiz", - deydi Abramov.

«Men o`zimga kerakli bo`lgan o`yinchilarni jamoaga taklif qila oldim. Turkiyadagi yig`inda yaxshi o`yin namoyish qilgan edik. Ammo, mavsumning dastlabki o`yinlarida o`yinimizda biroz pasayish bo`ldi. O`ylaymanki, jamoa yaqin orada yana o`z o`yinini namoyish etadi», - deya qo`shimcha qildi «Lokomotiv» bosh murabbiyi.

«Osiyo Kubogida ishtirok etgan futbolchilarimizda charchoq alomatlari sezilmoqda. Ammo, ikki haftadan so`ng ular o`zlariga kelib olishadi. Bobur Yo`lodoshev hamda Ibrohim Rahimovlar ham yaqinda safga qaytishadi».

Lutfulla To`raev: «Jamoada biroz bosim bor deyish mumkin. Osiyo Chempionlar Ligasida o`z maydonimizda o`ynadik. Biroz vaqtdan so`ng biz yana yaxshi o`ynab keta olamiz. Paxtakor yaxshi jamoa va Osiyo Chempionlar Ligasida ham yaxshi o`yin namoyish etmoqda. Biz ularga qarshi avvalgi mavsumdagi o`yinlarimizni yaxshi eslaymiz. Ertangi o`yinda bunday xatolarga yo`l qo`ymaslikka harakat qilamiz».

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb