«Bunyodkor» - OChL-2015 guruh bosqichiga yo`l oldi

Toshkentning «Bunyodkor» klubi OChL-2015 pley-off bosqichida BAAning «Al Jazira» klubini 2:1 hisobida mag`lub etdi va musobaqaning guruh bosqichiga yo`l oldi.

Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida o`tkazilgan uchrashuvda Sergey Lushan jamoasi «Al Jazira»ni 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Dastlab, 24-daqiqada Vohid Shodiev hisobni ochgan bo`lsa, birinchi bo`limning so`nggi daqiqasida Ali Mabxut penaltidan hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo`limning dastlabki daqiqalarida ancha faol harakat qilgan «Bunyodkor» futbolchilari yana bir marta hisobda oldinga chiqishdi. Sardor Rashidov raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va raqib darvozasini ishg`ol qildi - 2:1.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida ikkala jamoa futbolchilarida ham gol urish uchun bir qator vaziyatlar bo`ldi, ammo darvozalarga boshqa gol kiritilmadi. Shu tariqa, bir uchrashuvdan iborat bahsda g`alaba qozongan «Bunyodkor» OChL-2015 bahslarining guruh bosqichiga yo`l oldi. Sergey Lushan jamoasi OChL-2015 A guruhining to`rtinchi jamoasiga aylandi.

Ushbu guruhda «Bunyodkor» «Al Nasr» (Saudiya Arabistoni), «Lahviya» (Qatar) hamda «Piruzi» (Eron) jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

OChL-2015, pley-off.
17 fevral, Toshkent
«Bunyodkor» - «Al Jazira» 2:1
Gollar: Vohid Shodiev (23), Sardor Rashidov (52) — Ali Mabxut (45+3-pen.)
Ogohlantirishlar: Akrom Komilov (22), Sato Minori (61), Vohid Shodiev (61), Javlon Ibrohimov (61) — Bashir Sayid (22), Xamis Ismoil (41)
«Bunyodkor»: 45.Akbar To`raev, 2.Akmal Shorahmedov, 7.Shokir Zuagi, 8.Javlon Ibrohimov, 9.Sato Minori, 11.Mirzohid G`ofurov (17 Doston Hamdamov, 55), 13.Ivan Miloshevich, 14.Vohid Shodiev (39Eldor Shomurodov,65), 16.Artyom Filiposyan, 21.Sardor Rashidov, 48.Akromjon Komilov
«Al-Jazira»: 36.As-Senaniy, 5.Musallim Fayoz, 7.Ali Mabxut, 8.Jusiley da Silva, 10.Manuel Lanzini, 11.Yan Jonatan Pitropa, 13.Xamis Ismoil (4 Hamis Ismoil, 84), 18.Abdulla Musa, 23.Xolid Sebil, 28.Saif Xalfan (14 Hasan Amir 63), 60.Bashir Sayid
Bosh hakam: Alirizo Fag`oniy (Eron).

mib
uzcard
cola
apex
bmb