Erik Gerets: «Har ikki jamoa bir xil sharoitda»

«Bunyodkor» hamda «Al Jazira» klublari o`rtasidagi o`yindan oldingi matbuot anjumanida dastlab, jurnalistlar savollariga «Al Jazira» klubi bosh murabbiyi Erik Gerets javob berdi.

«Al Jazira» bosh murabbiyi uchrashuvda har ikki jamoa ham bir hil sharoitda ekanligi va uning jamoasi ertaga har qanday holatda ham g`alaba uchun maydonga tushishini aytdi.

«Raqibni hurmat qilgan holda aytishim mumkinki, ertangi o`yinda biz faqat g`alaba uchun maydonga tushamiz», - deydi Gerets.

«Har ikkala jamoa ham bir hil sharoitda bo`ladi. Ob-havo sharoiti kimgadir ertangi o`yinda ustunlik beradi deb o`ylamayman. O`z uyida o`ynayotgani «Bunyodkor»ga kichik ustunlik berishi mumkin. Nima bo`lgan taqdirda ham, guruh bosqichiga chiqishga harakat qilamiz", - deya qo`shimcha qildi Gerets.

«Al Jazira bosh murabbiyi shuningdek, pley-off bosqichi bir o`yindan iborat ekani borasida o`z fikrini bildirdi va bu borada OFK qarorini hurmat qilishini ta`kidladi.

«Albatta, pley-off bosqichi ikki o`yindan iborat bo`lsa yaxshi bo`lar edi. Ammo, biz OFK qarorini hurmat qilamiz», - dedi Gerets. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb