Ayni damda Turkiyaning Antaliya shahrida yig`in o`tkazayotgan Qarshining «Nasaf» va Toshkentning «Paxtakor» klublari kecha o`tkazilgan nazorat o`yinlarida g`alaba qozonishdi.
Qarshining «Nasaf» klubi Polshaning «Gurnik» (Zabje) klubiga qarshi o`tkazilgan nazorat o`yinida 1:0 hisobida g`alaba qozondi. O`yindagi yagona golga O`zbekiston Chempionati - 2014 to`purari Artur Gevorkyan mualliflik qildi.
«Paxtakor» klubi esa Vengriyaning «Xaladash» klubiga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushdi va 2:1 hisobida g`alaba qozondi. «Paxtakor»ning har ikkala goliga Kaxi Maxaradze mualliflik qilgan.