Toshkentning «Lokomotiv» klubi hujumchisi Ivan Nagev ijara asosida Kuvaytning «Al Qodisiya» klubida o`ynaydi.
«Lokomotiv» klubi rasmiy sayti xabar berishicha, hujumchi «Al Qodisiya» safida 2015 yilning iyuniga qadar ijara asosida to`p suradi.
Ma`lumot o`rnida, «Al Qodisiya» ayni damda Kuvayt chempionatida 12-tur uchrashuvlaridan so`ng 4-o`rinni egallab turibdi. Jamoa shuningdek OChL-2015 pley-off bosqichida ishtirok etadi.