Oliy Liga klublari nazorat o`yinlarida o`zaro bahs olib borishmoqda

O`zbekiston Chempionati yangi mavsumiga tayyorgarlik ko`rayotgan Oliy Liga klublari Toshkentda o`tkazilayotgan yig`in davomida nazorat uchrashuvlarida o`zaro bahs olib borishmoqda.

Ayni damda Toshkentda yig`in o`tkazayotgan «Mash`al» va «Andijon» klublari kecha o`zaro nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. Bunyodkor futbol klubiga tegishli bo`lgan akademiya maydonida bo`lib o`tgan qiziqarli uchrashuvda Mash`al klubi 2:0 hiosbida g`alaba qozondi.

Kecha shuningdek, Toshkentning «Lokomotiv» klubi nazorat uchrashuvida Oliy Ligaga qaytgan «Qo`qon-1912» klubi bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Ushbu uchrashuv Vadim Abramov jamoasining 2:1 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlandi. Qayd etish joiz, ushbu uchrashuvda «Lokomotiv» mavsum oldidan o`z tarkibiga jalb etilgan bir qator legionerlar sinovdan o`tkazildi.

Nazorat uchrashuvi.
25 yanvar. Toshkent.
«Mash`al» - «Andijon» 2:0
Gollar: H. Murtazoev (21), J. Hasanov (72)

Nazorat uchrashuvi.
25 yanvar. Toshkent.
«Lokomotiv» - «Mash`al» 2:1
Gollar: Ruslan Koryan (4 penalti, 65) - Orif Mamajonov (21 penalti)

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb