Toshkentning «Paxtakor» klubi Oliy Liganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida yig`in o`tkazmoqda.
Amaldagi O`zbekiston chempioni mazkur yig`in davomida 24 yanvar kuni Donetsning ¿Metallurg» klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra «Paxtakor» bungacha Turkiyaning Antaliya shahrida Qozog`istonning «Jetisu» (2:1) va Rossiya Premer-Ligasi vakili «Mordoviya» (1:3) klublariga qarshi nazorat uchrashuvlarini o`tkazgan.