«Nasaf» tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini boshladi

Yangi yil arafasida qisqa tanaffusga chiqqan «Nasaf» futbolchilari ayni paytda Qarshi shahrida yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini boshlab yuborishdi.

Jamoa a`zolari kuniga ikki mahal mashg`ulotlarni o`z qarorgohlari va «Markaziy» stadion qoshidagi mashg`ulot maydonlarida o`tkazishmoqda. Jamoa tarkibidagi o`zgarishlarga to`xtaladigan bo`lsak, o`tgan yilgi tarkibdagi deyarli barcha futbolchilar mashg`ulotlarda harakat qilishmoqda. Faqatgina Igor Taran jamoa bilan rasman xayrlashdi. O`tgan yili «Andijon» sharafini himoya qilgan Bahrom Abdurahmonov jamoa mashg`ulotlarida ishtirok etmoqda. Jamoa sardori va etakchisi Artur Gevorkyan va yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladigan Oleksandr Kablash ertaga jamoa safiga kelib qo`shilishadi.

«Nasaf»chilar 18 yanvarga qadar mashg`ulotlarni Qarshi shahrida o`tkazishadi. Bu orada 10 va 18 yanvar kunlari ikkita nazorat uchrashuvida maydonga chiqishadi. 22 yanvardan jamoamiz tayyorgarlikni uchinchi bosqichini o`tkazish uchun Turkiyada tashkil etiladigan uch haftalik o`quv-yig`in mashg`ulotlarida ishtirok etishadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb