OFK klublar reytingida «Bunyodkor» 9-o`rinda qayd etildi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Osiyo klublarining 2011-2014 yillar davomidagi ishtirokiga ko`ra reytingini e`lon qildi. Unga ko`ra, O`zbekiston klublari orasida eng yaxshi natijani Toshkentning «Bunyodkor» klubi qayd etdi.

«Bunyodkor» klubi Osiyo klublari reytingida ayni damda 9-o`rinda qayd etilgan. O`zbekiston klublari orasida «Bunyodkor»dan keyingi o`rinlarda «Paxtakor» (52), «Nasaf» (53) va «Lokomotiv» (61) klublari bormoqda.

Qit`aning eng kuchli klubi sifatida esa Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi qayd etildi. Osiyo Chempionlar Ligasi finalchisi ushbu reytingda Janubiy Koreyaning «Seul» va Saudiyaning boshqa bir jamoasi «Al Ittihod» klublarini ortda qoldirgan.

Ma`lumot uchun mazkur reyting jamoalarning so`nggi 4 yilda (2011-2014) natijalariga qarab tuzilgan. Unda klublarning xalqaro musobaqalar — Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogidagi natijalari inobatga olingan.

OFK klublar reytingi.
Kuchli o`nlik.
1. «Al Hilol» (Saudiya Arabistoni) - 106 ochko
2. «Seul FK» (Janubiy Koreya) - 99.65 ochko
3. «Al Ittihod» (Saudiya Arabistoni) - 95 ochko
4. «Guanchjou Evergrand» (Xitoy) - 93.57 ochko
5. «Chonbuk Motors» (J. Koreya) - 92.65 ochko
6. «Istiqlol» (Eron) - 84.65 ochko
7. «Fulad» (Eron) - 82.15 ochko
8. «Ash Shabob» (Saudiya Arabistoni) - 80 ochko
9. «Bunyodkor» (O`zbekiston) - 78.19 ochko
10. «Al Ahli» (Saudiya Arabistoni) - 67
............................................................
52. «Paxtakor» (O`zbekiston) - 25.11 ochko
53. «Nasaf» (O`zbekiston) - 23.95 ochko
61. «Lokomotiv» (O`zbekiston) - 10.11 ochko

mib
uzcard
cola
apex
bmb