
Bugun Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Chempionlar Ligasi-2015 guruh bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.
Eslatib o`tamiz, yangi mavsumda OChLda «Paxtakor» (Chempion), «Lokomotiv» (Kubok sohibi) va «Nasaf» (bronza medal sohibi) klublri to`g`ridan to`g`ri guruh bosqichidan musobaqaga kirishadi. Toshkentning «Bunyodkor» (to`rtinchi o`rin egasi) klubi esa uchinchi pley-off o`z ishtirokini boshlaydi.
Qur`aga ko`ra, Toshkentning «Paxtakor» klubi «V» guruhidan joy olgan bo`lsa, «Lokomotiv» «C», «Nasaf» esa «D» guruhida bahs olib boradi. Toshkentning «Bunyodkor» klubi esa OChL-2015 guruh bosqichiga chiqish uchun uchinchi pley-off bosqichida BAAning «Al Jazira» klubi to`sig`idan o`tishi lozim bo`ladi. Bunyodkor va Al Jazira klublari o`rtasidagi o`yin 17 fevral kuni Toshkentda bo`lib o`tadi va ushbu o`yin g`olibi OChL-2015 guruh bosqichi «A» guruhiga yo`ld oladi.
OChL-2015 guruh bosqichi.
G`arb mintaqasi
"A" guruhi.
"Al-Nasr" (Saudiya Arabistoni)
"Lahviya" (Qatar)
"Persepolis" (Eron)
"Bunyodkor" (O`zbekiston) - "Al Jaziyra" (BAA) uchrashuvi g`olibi.
"V" guruhi
"Paxtakor" (O`zbekiston)
"Ash-Shabob" (S.Arabistoni)
"Al-Ayn" (BAA)
Pley-off-2 g`olibi.
"C" guruhi
"Fulad" (Eron)
"Lokomotiv" (O`zbekiston)
"Al-Hilol" (S. Arabistoni)
Pley-off-4 g`olibi.
"D" guruhi
"Traktorsozi" (Eron)
"Al-Ahli" (BAA)
"Nasaf" (O`zbekiston)
Pley-off 1 g`olibi
Sharq mintaqasi.
"E" guruhi
"Chonbuk Motors" (Janubiy Koreya)
"Shandong Luneng" (Xitoy)
"Bekamiks Bin Duong" (Vetnam)
Pley-off-2 g`olibi
"F" guruhi
"Gamba Osaka" (Yaponiya)
"Seongnam" (Janubiy Koreya)
"Buriram Yunayted" (Tailand)
Pley-off-3 g`olibi
"G" guruhi
"Brisben Roar" (Avstraliya)
"Urava Reds" (Yaponiya)
"Suvon" (Janubiy Koreya)
Pley-off-4 g`olibi
"H" guruhi
"Guanchjou Evergrand" (Xitoy)
"Vestern Sidney Uonderers" (Avstraliya)
"Kashima Antlers" (Yaponiya)
Pley-off-1 g`olibi