Namanganning «Navbahor» jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov jamoadan ketish niyatida emas. Bu haqda u klub rasmiy saytiga bergan intervyusida ma`lum qildi.
«Shaxsan o`zimni «Navbahor»dan ketish niyatim yo`q. Murabbiy sifatida yuqoriroq o`rinlar uchun kurashadigan jamoa tuzishni xohlayman», - deydi Ashurmatov.
«Jamoa yangi mavsumga tayyorgarlik ko`rish uchun 15 dekabr kuni Namanganda yig`iladi, shunda klub rahbarlari bilan gaplashib olaman. Birinchi o`rinda avtobus, baza va mashg`ulot o`tkazish uchun maydon masalasini hal qilishimiz talab etiladi», - deya qo`shimcha qildi Baxtiyor Ashurmatov.