Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi O`zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Navro`z Olimov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
1992 yilda tug`ilgan hujumchi so`nggi mavsumni Navoiyning «Qizilqum» jamoasi safida o`tkazdi. U Oliy Liga doirasida shu kungacha 32 uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol urishga muvaffaq bo`lgan.
«Olimov «Paxtakor»ning shundoq ham kuchli bo`lgan hujum chizig`ida raqobatni yanada oshirishi tabiiy. U jamoamizda yuqori saviyadagi hujumchiga aylanib, sovrinlarga ega chiqadi deb umid qilaman», - deydi «Paxtakor» bosh menejeri ushbu transfer haqida.