«Andijon» Turkiyada yig`in o`tkazadi

Andijonning «Andijon» futbol klubi 2015 yilgi Oliy Liga bahslariga tayyorgarlik doirasida Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`inlari olib boradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Andijon» kelasi mavsumga tayyorgarlikni 15 dekabr kuni Andijonda boshlashi rejalashtirilgan. Ushbu yig`in 29 dekabrgacha davom etadi. Shundan keyin mavsum startiga qadar yana to`rtta yig`in o`tkaziladi. Jumladan:

- 2015 yil 4-18 yanvarida Andijonda;
- 2015 yil 22 yanvar – 4 fevralida Toshkentda;
- 2015 yil 7-21 fevralida Turkiyada;
- 2015 yil 24 fevral – 1 martida Toshkentda.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb