«Buxoro» Aleksandr Mochinovni bosh murabbiy sifatida tanlandi

Buxoroning «Buxoro» futbol klubi Aleksandr Mochinovni jamoa bosh murabbiyi etib tayinladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Aleksandr Mochinov «Buxoro» bosh murabbiyi o`rnida o`tgan mavsum yakunida jamoaga ustozlik qilgan turkmanistonlik mutaxassis – Seid Seidovni almashtirdi.

Mochinov bungacha «Bunyodkor» murabbiylar shtabida ish olib borayotgan edi. Bundan tashqari, 2014 yil davomida u O`zbekiston o`smirlar terma jamoasiga ham ustozlik qildi.

Xabar berishlaricha, «Buxoro» yangi mavsum arafasidagi ilk yig`in doirasida 15 dekabr kuni Buxoroda to`planadi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb