Bir yillik tanaffusdan so`ng Oliy Ligaga qaytgan G`uzorning «Sho`rtan» futbol klubi o`z tarkibini kuchaytiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma`lum qilmoqda.
Xabar berishlaricha, jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikni 15 dekabrdan boshlaydi. Dastlabki yig`indayoq jamoa safida bir qator yangi futbolchilar ko`rikdan o`tishi kutilmoqda.
Xususan, faoliyatini «Sho`rtan»da davom ettirishi mumkin bo`lgan futbolchilar orasida 2014 yilgi mavsumni «Buxoro»da o`tkazgan himoyachi Shavkat Raimqulov ham bor.