O`zbekiston chempionatining noyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi va o`yinchisini aniqlash bo`yicha jurnalistlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnomada yana bir bor «Paxtakor» vakillari tengsiz deb topildi.
Xususan, «Paxtakor» bosh menejeri Samvel Babayan 2014 yilgi mavsum hisobidan beshinchi marta oy murabbiyiga aylangan bo`lsa, jamoa hujumchisi Igor Sergeev birinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O`zbekiston chempionatining noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo`yicha OAV xodimlari, jurnalistlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnoma 27 noyabr - 1 dekabr kunlari bo`lib o`tdi. So`rovnomada jurnalistlar Oliy Liga va Birinchi Liga klublarida faoliyat olib borayotgan jami 11 nafar murabbiy va 13 nafar futbolchini g`oliblikka da`vogar sifatida ko`rsatishdi.
Murabbiylar o`rtasidagi kurashda «Paxtakor» bosh menejeri Samvel Babayan 64 ochko to`pladi va so`rovnomada ikkinchi bo`lgan «Lokomotiv» bosh murabbiyi Vadim Abramovni 12 ballga ortda qoldirishga muvaffaq bo`ldi. E`tiborli tomoni, noyabr oyi so`rovnomasida ishtirok etgan jurnalistlarning deyarli barchasi Babayanni birinchi o`ringa loyiq deb topdi.
Futbolchilar orasida esa noyabr oyi yakunlariga ko`ra «Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeevga teng keladigan futbolchi topilmadi. Hujumchi noyabr oyi so`rovida o`zining eng yaqin ta`qibchisi, Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidovni 11 ballga ortda qoldirdi va 56 ball bilan 2014 yilgi mavsumning so`nggi oyi eng yaxshi futbolchisi nomini qo`lga kiritdi.
Ma`lumot o`rnida, mart-noyabr oylarida o`tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O`zPFLning 2014 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.
«Oyning eng yaxshi o`yinchisi» so`rovnomasi noyabr oyi kuchli beshligi:
1. Igor Sergeev («Paxtakor») – 56 ball.
2. Sardor Rashidov («Bunyodkor») – 45 ball.
3. Sherzod Hakimov («Neftchi») – 27 ball.
4. Shaker Zuagi («Olmaliq») – 18 ball.
5. Jamshid Iskanderov («Paxtakor») – 16 ball.
«Oyning eng yaxshi murabbiyi» so`rovnomasi noyabr oyi kuchli beshligi:
1. Samvel Babayan («Paxtakor») – 64 ball.
2. Vadim Abramov («Lokomotiv») – 52 ball.
3. Vali Keldiev («Mash`al» yoshlar jamoasi murabbiyi) – 27 ball.
4. Murod Ismoilov («Neftchi») – 18 ball.
5. Seid Seidov («Buxoro» murabbiyi) – 13 ball.
Qo`shimcha sifatida:
- Babayan va Iskanderov – mart oyi laureatlari!
- Babayan va Krimets – aprel oyi laureatlari!
- Abramov va Iskanderov – may oyi laureatlari!
- Iyun va iyul oylarining umumiy laureatlari ma`lum bo`ldi (Babayan va Rustamov)
- Lushan va Rashidov – avgust oyi laureatlari!
- Berdiev va Gevorkyan – sentyabr oyi laureatlari!
- Babayan va Iskanderov – oktyabr oyi laureatlari!