Faxriylar o`rtasida «Paxtakor» – «Dinamo» (Tbilisi) o`yinida sakkizta gol urildi

Gruziyaning «Dinamo» (Tbilisi) jamoasi SSSR chempionatida ilk bor oltin medallarni qo`lga kiritganiga 50 yil to`lishi munosabati bilan Toshkentda 22 noyabr, shanba kuni Toshkentning «Paxtakor» va Tbilisining «Dinamo» jamoalari faxriylari o`rtasida o`rtoqlik uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda «Dinamo» safida Irakliy Zoidze, Soso Grishikashvili, Levan Kobiashvili, Archil Arveladze, Aleksandr Iashvili, Georgiy Kinkladze, Georgiy Nemsadze, Levan Tskitishvili, Mixail Kavelashvili, Gocha Jamarauli, Georgiy Demetradze, Georgiy Anchabadze, David Mudjiri, Murtaz Sheliya, Nutzar Lobjanidze, Mamuka Machavariani, Soso Barkaya kabi futbolchilar maydonga tushdi.

«Paxtakor» safida esa Anvar Rashidov, Aleksey Roshin, Murod Aliev, Baxtiyor Ashurmatov, Sergey Kovshov, Andrey Miklyaev, Yorqin Nazarov, No``mon Hasanov, Shuhrat Rahmonqulov, Ravshan Bozorov, Mirjalol Qosimov, Sobir Xodiev, Gennadiy Denisov, Azamat Abduraimov, Rustam Do`rmonov, Ja`far Irismetov, Oybek Usmonxo`jaev, Igor Shkvirin, Shuhrat Maqsudov, Jasur Abduraimov, Muxtor Qurbonov, Baxtiyor Qambaraliev, shuningdek, O`zPFL bosh direktori Farhod Magametov kabilar maydonga tushdi.

Uchrashuv 4:4 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi. «Paxtakor»ning gollariga Igor Shkvirin, Ja`far Irismetov, Azamat Abduraimov va Rustam Do`rmonov mualliflik qilgan bo`lsa, «Dinamo» gollari Mixail Kavelshvili va Georgiy Demetradze hisobiga yozildi (har ikkala faxriy futbolchi dublga erishdi).

   

mib
uzcard
cola
apex
bmb