O`zbekiston Kubogi-2014 finali Olmaliqda o`tkaziladi

2014 yilgi O`zbekiston Kubogi final uchrashuvi Olmaliqdagi OTMK stadionida o`tkaziladi.

12 noyabr kuni bo`lib o`tadigan final uchrashuvida Toshkentning «Lokomotiv» va «Bunyodkor» jamoalari o`zaro maydonga tushadi.

Eslatib o`tamiz, OTMK sport majmuasining tantanali ochilish marosimi joriy yilning 16 mart kuni Oliy Liga 1-turi doirasidagi «Olmaliq» – «Metallurg» uchrashuvida bo`lib o`tgandi.

Olmaliq futbol bo`yicha O`zbekiston Kubogi finalini Toshkentdan tashqari qabul qilgan Samarqanddan keyingi ikkinchi shaharga aylanadi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb