Namanganning «Navbahor» futbol klubi bolgariyalik darvozabon bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Xabarda darvozabonning ismi-sharifi ma`lum qilinmagan, biroq uning tarkibga qo`shilishi ehtimoli katta ekanligi aytilmoqda.
«Bolgariyalik posbonning «Navbahor» a`zosiga aylanishi yuz foizga hal etilmagan. Darvozabon masalasi bir-ikki kun ichida hal bo`ladi», - deyiladi klub xabarida.
Qayd etishlaricha, «Neftchi» darvozaboni Sardor Qobuljonov va «Bunyodkor» darvozaboni Murod Zuhurov bilan olib borilgan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan.