Toshkentning «Lokomotiv» futbol klubi 31 iyul, soat 11:00da TTZdagi «Lokomotiv» stadionida yangi futbolchilarni tanishtirish marosimini o`tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, tadbir avvalida jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov va klub rahbariyati vakili jurnalistlarning savollariga javob beradi.
Shundan so`ng, matbuot anjumani «Lokomotiv»ga yozgi transferlar oynasida qo`shilgan futbolchilar – Aleksandr Geynrix, Artyom Filiposyan, Shavkat Mullajonov, Sahob Jo`raev, Alisher Shog`ulomov, Dilshod Rahmatullaev va Marat Bikmaev bilan birga davom ettiriladi.