«Andijon» jamoasi safida ukrainalik himoyachi Vitaliy Vizaver ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlik ko`rmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, «Andijon»ga kelguniga qadar 35 yoshli bu futbolchi Ukraina Birinchi Ligasidagi «Avangard» (Kramatorsk) jamoasida to`p surgan. Futbolchining ma`lum qilishicha, u «Andijon» bosh murabbiyi, ukrainalik Sergey Shevchenkoning taklifi jamoaga yordam berish uchun kelgan.
Klub matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, «Andijon» 24 iyul kuni «Futbol-MED»da tibbiy ko`rikdan o`tgan, 25 iyul kuni esa «Qo`qon-1912»ga qarshi nazorat o`yini rejalashtirilgan.