Muborakning «Mash`al» jamoasi 24 iyul, payshanba kuni Yangierda Farg`onaning «Neftchi» jamoasiga qarshi nazorat o`yini o`tkazdi. Bu haqda Muborak klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv 2:0 hisobida «Mash`al» futbolchilari g`alabasi bilan yakuniga etdi. O`yinda hisob 31-daqiqada Zohir Qo`ziboev tomonidan ochilgan bo`lsa, 55-daqiqada Xolmurod Xolmurodov yakuniy hisobni o`rnatdi.
«Mash`al» yozgi davralar oralig`ida bungacha «Metallurg» (1:0), «Dinamo» (2:1), «Olmaliq» (1:1) va «Navbahor» (1:1) jamoalariga qarshi nazorat o`yinlari o`tkazgan edi.