«Bunyodkor» Turkiyada Gruziya «Dinamo»si bilan durang o`ynadi

Ikkinchi davraga Turkiyada tayyorgarlik olib borayotgan Toshkentning «Bunyodkor» futbol klubi 23 iyul kuni Batumining «Dinamo» (Gruziya) jamoasiga qarshi nazorat o`yini o`tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`yinda hisob ochilmagan. Har ikkala jamoa o`rtasida bir necha kun avval bo`lib o`tgan o`yinda gruziyaliklar 1:0 hisobida g`alaba qozonishgan edi.

Qayd etish joiz, «Bunyodor» Turkiya yig`ini doirasida Jazoirning «USMA Jazoir» (1:1), Ozarbayjonning «Sumgait» (0:1) jamoalariga qarshi ham nazorat o`yinlari o`tkazdi.

Ma`lumot uchun, Turkiya yig`ini davomida «Bunyodkor» serbiyalik himoyachi Ivan Miloshevich va bosniyalik yarim himoyachi Samir Bekrich bilan shartnoma imzoladi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb