Toshkentning «Paxtakor» jamoasi 24 iyul, payshanba kuni Qibraydagi qarorgohida Samarqandning «Dinamo» jamoasiga qarshi nazorat o`yini o`tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
O`yin 1:0 hisobida «Paxtakor» g`alabasi bilan yakuniga etdi. O`yindagi yagona gol ikinchi bo`limda Stanislav Andreev hisobiga yozildi – futbolchi 22 metrdan belgilangan jarima zarbasini golga aylantirdi.
Qayd etishlaricha, «Dinamo»ga qarshi o`yinning birinchi bo`limida «Paxtakor» Ilhom Mo`minjonov qo`l ostidagi yoshlar jamoasi bilan to`p surgan.
«Paxtakor» bungacha «Buxoro» (1:0) va «Navbahor» (2:0) jamoalariga qarshi maydonga tushib, g`alaba qozongandi. Jamoa 26 iyul kuni 2014 yilgi Osiyo O`yinlariga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.