Ikkinchi davraga Avstriyada tayyorgarlik ko`rayotgan Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi 26 iyul, shanba kuni Turkiyaning «Trabzonspor» jamoasiga qarshi nazorat o`yini o`tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jamoa 25 iyul, juma kuni Saudiya Arabistonining «Al-Hilol»ga qarshi nazorat o`yinini o`tkazishi rejalashtirilgan.
Qayd etish joiz, «Lokomotiv» Avstriya yig`ini davomida Chexiyaning «Bryun» (1:1), Germaniyaning «Borussiya II» (1:0), Rossiyaning «Torpedo» (1:1) jamoalariga qarshi o`rtoqlik uchrashuvlari o`tkazdi.