«Lokomotiv» Chexiya va Germaniya klublariga qarshi nazorat o`yini o`tkazdi

Avstriyada o`quv-mashg`ulot yig`inlarini olib borayotgan «Lokomotiv» ikkita nazorat o`yini o`tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, jamoa dastlab Chexiyaning «Bryun» jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang o`ynadi. «Lokomotiv»ning o`yindagi yagona goli Artyom Filiposyan hisobiga yozildi.

«Temiryo`lchilar» ikkinchi nazorat o`yinini 19 iyul kuni «Borussiya Dortmund II» jamoasiga qarshi o`tkazib, Lutfulla To`raev tomonidan kiritilgan gol evaziga g`alaba qozonishdi.

Avstriya yig`ini doirasida «Lokomotiv» yana ikkita o`yin o`tkazadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb