Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazayotgan «Bunyodkor» 17-20 iyul kunlari uchta nazorat o`yini o`tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, jamoa 17 iyul kuni Jazoirning «USMA Jazoir» jamoasiga qarshi to`p surdi va 1:1 hisobida durang o`ynadi, jamoaning yagona goli Sardor Rashidov hisobiga yozildi.
18 iyul kuni «Bunyodkor» Gruziyaning «Dinamo Batumi» jamoasiga qarshi to`p surdi, 20 iyul kuni esa Ozarbayjonning «Sumgait» jamoasiga qarshi bahs olib bordi – har ikkala o`yinda ham «Bunyodkor» 0:1 hisobida mag`lub bo`ldi.